GM Uzbekistan 2014 yildan boşlab avtomobillarni ortga qaytarib oliş böyiça 12ta kampaniyani yölga qöydi, bu haqda kompaniyaning Xalqaro press klub materialidagi javobida aytilgan.
Xabar berilişiça, uşbu kampaniyalarga 316 250 dona avtomobil töğri kelgan: içki bozorda 167 154 dona va taşqi bozorda 149 096 dona.
«Barça e'lon qilingan kampaniyalar zarur detallar bilan ta'minlangan, masalan, iste'molçilarning savollariga javoblar va ortga çaqirib olinuvçi avtomobillar yuklanadigan mintaqa kabilar», - deyiladi xabarda.
Har bir ortga çaqirib oliş kampaniyasi e'lon qilinganida, diler tomonidan avtomobil egasiga muammoning mohiyati va uni hal qiliş uçun zarur bölgan vaqt haqida tuşuntiriş berilgan rasmiy xat yuboriladi.
Rasmiy dilerlik korxonalari tomonidan qöşimça tarzda, servis xizmat körsatiş ötkazilganda avtomobilning har bir VIN-raqami avtomobilni ortga çaqirib oliş masalasi böyiça tekşiriladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq GM Uzbekistan Cobalt modelini yangilaş loyihasi işlab çiqilayotgani haqida ma'lum qilgandi.











