Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UFC jangchisi tungi klubda mushtlashuv uyushtirdi
Foto: MMA Mania
Mutlaq jangchilar chempionatida (UFC) ishtirok etuvchi, hali biron marotaba ham mag‘lubiyatga uchramagan angliyalik jangchi Darren Till mojaroli voqeaga aralashib qoldi.
The MMA Bible tvitter sahifasining xabar berishicha, sportchi Liverpuldagi tungi klublarning biri yonida mushtlashuv keltirib chiqardi. Hodisa haqida qo‘shimcha ma'lumot yo‘q, biroq 25 yoshli Tillning klub yonida aks etgani tasvirlangan videorolik paydo bo‘ldi. Unda angliyalikning hujumiga uchragan shaxs undan qochishga urinayotganini ko‘rish mumkin.
Jangchi va UFC rasmiy vakillari izoh berishdan bosh tortishmoqda.
Ma'lumot uchun, 8 sentabr kuni Till UFC chempioni Tayron Vudli bilan jang o‘tkazishi kerak edi.
Mavzuga oid
20:51 / 30.10.2025
Qozog‘iston prezidentining sobiq maslahatchisi mushtlashuvda halok bo‘ldi
19:46 / 07.10.2025
Tramp Oq uy hududida UFC jangi o‘tkazilishini e’lon qildi
10:20 / 15.09.2025
Yangiyo‘ldagi to‘yxonada mushtlashuv uyushtirganlar ushlandi
14:16 / 07.08.2025