Surxondaryoda qalbaki diplom sotuvchisi qo‘lga olindi
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi Sharg‘un qurilish kasb-hunar kollejining mas'ul xodimasi M.R. 2 million 400 ming so‘m evaziga shu tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro Z.G.ning nomiga rasmiylashtirilgan diplomni Sharg‘un shahridagi «Sardorbek» to‘yxonasida topshirayotgan vaqtda viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasining uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘linmasining tezkor xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Surxondaryo viloyat IIB matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida Sariosiyo tumani Sharg‘un qurilish kasb-hunar kollejining mas'ul xodimi M.R.ning yashash uyida saqlab kelgan fuqaro Z.G.ning nomiga rasmiylashtirilgan K №5178812 seriya raqamli diplom, shuningdek, kelgusida fuqarolarni chuv tushirib sotish uchun saqlanayotgan 20 dona diplomlar aniqlanib, xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.
Ayni paytda Sariosiyo tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan mazkur holat yuzasidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:14 / 16.12.2024
Surxondaryoning uchta tumanida zamonaviy turistik markazlar tashkil etiladi
16:35 / 26.11.2024
Surxondaryoda erta nikohni targ‘ib qilgan bloger jarimaga tortildi
21:33 / 22.11.2024
Xitoy Surxondaryodagi mis va kumush konlariga 2,7 milliard dollar investitsiya taklif qilmoqda
14:50 / 21.11.2024