20:00 / 04.09.2018
6493

Skoda Rapid yangi avlod xetchbekining suratlari e'lon qilindi

Foto: Skoda

Auto-mania sayti ikkinchi avlod Skoda Rapid avtomobilining suratlarini e'lon qildi.

«Rapid» dizayni Vision RS kontsept-kari asosida yaratilgan.

Ikkinchi avlod Skoda Rapid avtomobilining uzunligi 4356 millimetrni tashkil etadi. Hozirgi Rapid Spaceback xetchbekining uzunligi esa 4304 millimetrdir.

Yangi «Rapid» 1 va 1,5 litr hajmli benzinli hamda dizelli 1.6 turbomotoriga ega bo‘ladi.

Yangi avlod xetchbeklarini ishlab chiqarish 2019 yildan boshlanadi.

Mavzuga oid
Top