22:41 / 12.09.2018
7071

Eronning sobiq vitse-prezidenti 6,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Foto: RIA Novosti / Sergey Mamontov

Eronning sobiq vitse-prezidenti Esfandiyor Rahim Mashaiy 6,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi, mamlakat xavfsizligiga tahdid unga qo‘yilgan ayblovlardan biridir, deya xabar beradi Fars agentligi. 

Mashaiy bu lavozimni Mahmud Ahmadinajot prezidentligi yillarida (2005-2013) egallagan, shu bilan birga, u ma'lum muddat maslahatchi ham bo‘lgan.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Mashaiy "mamlakat ichki va tashqi xavfsizligi"ga qarshi faoliyati uchun - 5 yil, shuningdek agentlik e'lon qilmagan yana ikki ayblov bo‘yicha 1 yil va 6 oylik qamoq jazosiga hukm qilingan. 

Mavzuga oid
Top