Jamiyat | 10:00 / 15.09.2018
16388
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Innovatsiyalar: Orzudagi avtoturargoh

Foto: Tashkent City

Anavi yerda avtomobillar uchun markaziy kirish joyi bo‘ladi,- deydi loyihaning bosh arxitektori taxminan 10 metr yuqoridagi balandlikni ko‘rsatib.

Shunday balandlikda avtomobilning kirish joyi bo‘lishi mumkinmi?

Bu unchalik baland emas, taxminan shunday balandlikda birinchi qavatimiz joylashgan bo‘ladi. Hozir biz kelajakda avtomobillar to‘xtash joyida turibmiz..

№7-raqamli lot

Foto: Tashkent City

7-raqamli lotda loyihaga muvofiq 2019 yilning oxirida bitkazish mo‘ljallashtirilgan Yevropa standartiga xos bulvar bo‘ladi. 11 ta 6 qavatli binolarning poydevori esa umumiy bo‘lib, uning chuqurligi 6,5 metr bo‘ladi. Har bir uy inshooti qo‘shni uy binosidan taxminan 25 metr uzoq masofada bo‘ladi. Mana shu masofa oralig‘ida yer usti avtomobillar to‘xtash yeri joylashadi. Binolar ostidagi 62 ming m2 dan ortiq maydondagi 1700 dan ortiq avtomobillar uchun yer osti turar joyining qurilishi boshlandi.

Foto: Tashkent City

Binolarning yer osti loyihalashtirish jarayonida asosiy e'tibor yong‘inning oldini olish chora-tadbirlariga qaratiladi. Avtomobil to‘xtash joyi havo almashtirish shaxtasi, tutunni yo‘qotuvchi sprinkler moslamalar bilan ta'minlanib, ular tufayli yong‘in alangasi yuqori bosimli suv sepib, qisqa muddatda yong‘inni o‘chirish va suyuqlikni tortib oladigan maxsus nasosdan iborat.

Bundan tashqari avtomobillar turar joyi elektromobillarni zaryadlaydigan stansiyalar bilan to‘ldirilgan bo‘ladi, ayni shu yerda foydalanuvchilar uchun avtomobillar yuvish joyi, g‘ildiraklarni to‘ldirish joyi kabi qulay shart-sharoitlar yaratiladi.

№ 1-raqamli lot

Foto: Tashkent City

1-Lotda joylashgan 9 ta uy joy binolari qurilishining yakunlanishi 2019 yilning dekabriga mo‘ljallangan. 55 ming m2 maydonni egallagan avtomobil turar joyi barcha turar joy binolari uchun yagonadir. Bu yerda bir vaqtning o‘zida 1400 mashina joylashishi mumkin. Uy hovlisi maydoni - tez yordam, yong‘in mashinalarining o‘tishi uchun doimo ochiq bo‘lishi shart.

Uchta chiqish va kirish joyi qilish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari avtomobil turar joyi yong‘inni bartaraf etishga moslashtirilib, yong‘inga chidamlilikni ta'minlovchi qurilish hisoblanadi.Bular yong‘in bartaraf etilishi hamda oldi olinishini ta'minlashi shart.

Foto: Tashkent City

Yer osti avtomobil turar joy tomi 90 sm. balandlikdagi tuproq bilan qoplanib, unda o‘simlik o‘stiriladi. Shu tarzda Tashkent City hududida yashil hudud yaratiladi. Bu albatta loyihani murakkablashtiradi, shu bilan birga uning o‘ziga xosligini ham ta'minlaydi.

Avtomobil turar joylarini loyihalash turk hamda Yevropa tajribasiga tayanilgan holda amalga oshirilmoqda.

Shunday qilib turar joy, savdo va biznes-inshootlari yer ostida ham barpo etilmoqda va ular albatta xalqaro standartlarga mos bo‘lib yangi imkoniyatlarni o‘zida namoyon qiladi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid