Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
I yarim yillik: 10 mingga yaqin o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini oldi
Foto: TASS
2018 yilning yanvar-iyun oylarida 10 mingga yaqin o‘zbekistonlik Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini qo‘lga kiritdi. RF IIV statistika ma'lumotlari shundan dalolat bermoqda.
Shu yilning yanvar-iyun oylarida Rossiya Federatsiyasida O‘zbekistonning 2,2 million fuqarosi migratsion ro‘yxatga kiritildi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, joriy yilning birinchi yarim yilligida 1,1 million o‘zbekistonlik mehnat faoliyati bilan shug‘ullangan, 10 mingga yaqin kishi ta'lim muassasalarida o‘qigan va atigi 4 ming kishi mamlakatga sayyoh sifatida tashrif buyurgan.
Ta'kidlash joizki, 75 mingdan ziyod o‘zbekistonlik Rossiyada doimiy yashash uchun ruxsatnoma bilan yashagan, 10 ming kishi esa doimiy turar joy olish huquqiga ega bo‘lishdi.
Mavzuga oid
09:13
Zelenskiy: Rossiya Xitoy sun’iy yo‘ldoshlari ma’lumotidan foydalangan bo‘lishi mumkin
09:12
Rim papasi Rossiyani Rojdestvoda o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
08:42
SBU Qora dengizdagi yagona Il-38 samolyotiga zarar yetkazilganini ma’lum qildi
08:35