Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Butunjahon yil avtomobili» nomiga da'vogar avtomobillar ro‘yxati e'lon qilindi
Foto: Mecedes-Benz GLE
«Butunjahon yil avtomobili» tanlovi tashkilotchilari 2019 yil uchun da'vogarlar ro‘yxatini e'lon qildi. Ro‘yxatdan 61 model joy oldi: ular orasida Mecedes-Benz GLE va Kia Ceed GT hamda hali rasman taqdimoti o‘tkazilmagan Audi e-tron ham bor.
Tanlovning bosh g‘olibi va yana beshta qo‘shimcha yo‘nalish g‘oliblari kelgusi yilning bahorida Nyu-York avtosalonida ma'lum qilinadi.
Hakamlar hay'ati «Butunjahon yil avtomobili»dan tashqari, yilning «eng hashamatli», «eng yaxshi sport», «eng yaxshi yashil» va «eng yaxshi shahar» avtomobili yo‘nalishlarida ham g‘oliblarni aniqlaydi.
Bu yil «Butunjahon yil avtomobili» tanlovida Volvo XC60 g‘olib bo‘ldi. Audi A8 eng hashamatli avtomobil deb topilgan bo‘lsa, BMW M5 eng yaxshi sport, Nissan Leaf eng yaxshi «yashil» va Volkswagen Polo eng yaxshi shahar avtomobili unvonini qo‘lga kiritdi.
Eng yaxshi dizayn uchun mukofotga Range Rover Velar sazovor bo‘ldi.
Mavzuga oid
17:45 / 20.10.2025
Hokimning ma’naviyat va davlat tili bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etiladi
17:59 / 16.09.2025
Yosh muhandislar tanlovi g‘oliblariga avtomobillar topshirildi
19:14 / 09.09.2025
Janubiy Osiyoning 12 ta ayoli “Unlock Her Future” tanlovi finaliga chiqishdi
14:35 / 24.06.2025