Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyevning keyingi xorijiy safari rasman tasdiqlandi
Foto: Prezident matbuot xizmati
27-28 sentabr kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga boradi. Bu haqda Prezidentning Matbuot kotibi Komil Allamjonov xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, tashrifning birinchi kuni qator ikki tomonlama tadbirlar jadvali asosida o‘tkaziladi. Tashrifdan asosiy maqsad, 28 sentabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Dushanbe shahrida MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etishidir.
Shuningdek, ushbu safar davomida tor va keng doiralarda muzokaralar o‘tkazilishi, qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
MDH davlat rahbarlari sammitda ishtirok etish doirasida tojikistonlik metallurglar shahri - Tursunzodaga tashrif buyurishi kutilmoqda.
Tojik mahalliy nashrlari tarqatgan xabarga ko‘ra, O‘zbekiston rahbari «Tojikiston alyuminiy kompaniyasi»ning faoliyati bilan tanishadi. Mirziyoyev bilan birgalikda zavodga Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ham tashrif buyuradi. Prezidentlar respublikada tokchi sohibkor dehqonlar sifatida mashhur bo‘lgan Kamol Hoji Madumarov va Ne'mat Hoji Usmonovlarning dehqon xo‘jaliklariga tashrif buyurishadi.
Shu bilan birga, prezidentning tashrifi arafasida Dushanbe-Tursunzoda avtomobil yo‘li bo‘yida joylashgan barcha uylarning tashqi qismi ta'mirlanmoqda.
Mavzuga oid
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
12:39 / 26.08.2025
Samarqandda Iordaniya podshohini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
22:39 / 25.08.2025
Iordaniya podshohi Samarqandda «Boqiy shahar» tarixiy-etnografik majmuasini tomosha qildi
21:50 / 25.08.2025