Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uyida qimorxona tashkil etgan shaxs qo‘lga olindi
Illyustrativ foto
Navoiy viloyati Xatirchi tuman IIB tezkor xodimlari tomonidan tumanning “Zarafshon” MFY hududida o‘z uyida qimorxona faoliyatini yo‘lga qo‘ygan fuqaroning jinoiy harakatlari fosh etildi, deb yozmoqda “Xalq so‘zi”.
Mahallada istiqomat qiluvchi S.R. o‘z uyida pul tikib karta o‘ynashni tashkil etgan va qimorbozlar uchun barcha “shart-sharoit”larni yaratib bergan. Tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu xonadonda uy egasi bilan birga yana olti kishi qimor o‘yini ustida qo‘lga olindi.
Tadbir davomida qimorbozlardan 3 million 230 ming so‘m pul xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida olindi. Huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasiga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
22:06 / 11.09.2025
«Toshkent - Xatirchi» yo‘nalishida yo‘lovchi tashuvchi korxonaga noqonuniy undirilgan 710 mln so‘mni yo‘lovchilarga qaytarish majburiyati yuklandi
17:46 / 04.12.2024
Navoiyda erini urib o‘ldirgan ayolga hukm o‘qildi
08:01 / 09.10.2020
Navoiyda sodir bo‘lgan YTH oqibatida 30 yoshga to‘lmagan haydovchi va piyoda vafot etdi
10:18 / 12.09.2020