Ukraina «LXR» bosh vazirini qidiruvga berdi
Ukraina Xavfsizlik xizmati o‘zini mustaqil deb e'lon qilgan «Lugansk xalq respublikasi» bosh vaziri Sergey Kozlovni qidiruvga berdi. Bu haqda «112 Ukraina» xabar qilmoqda.
«Bu hurmatga ega bo‘lmagan odam hozirda Ukraina adliya tizimidan vaqtinchalik egallab olingan Lugansk oblasti hududida yashirinmoqda, u qidiruvga berildi. Milliy hamda jamoat xavfsizligi asoslariga qarshi jinoyatlar uchun ochilgan jinoiy ish materiallari sudga yuborildi», - deya ma'lum qilishdi mahkamadan.
Shuningdek, Ukraina Xavfsizlik xizmatidan taxmin qilishlaricha, fuqarolik himoyasi xizmati sobiq polkovnigi Kozlovda «LXR»da aql bovar qilmas darajadagi karera o‘sishi sog‘lom aqlni almashtirdi». U avvaliga «LXR» xalq militsiyasi shtabiga rahbarlik qildi, so‘ng o‘zini mustaqil deb e'lon qilgan respublika bosh vaziriga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya FXXning Donbassda paydo bo‘lishi tushuntirib berilgandi.
Mavzuga oid
20:47 / 06.01.2025
Lukashenko Belarus hududidan Ukrainaga berilgan zarbalar uchun uzr so‘ramagani aytildi
14:50 / 06.01.2025
Ukrainaning Kursk oblastidagi «katta yurishi». Bu haqda nimalar ma’lum?
09:21 / 06.01.2025
Blinken: Ukraina farovon kelajak uchun salohiyatga ega
20:26 / 05.01.2025