Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX)ning xodimlari mahalliy hukumatning taklifiga binoan özini mustaqil deb e'lon qilgan «Donetsk xalq respublikasi» («DNR») rahbari Aleksandr Zaxarçenkoning öldirilişini tergov qiliş uçun Donbassga keldi. Bu haqda RF Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma'lum qildi.
«Gap rossiyalik kriminalist-ekspertlar haqida boryapti. Ular bu hududda mahalliy hukumat iltimosi bilan böladi va ularga teraktni tergov qiliş işlarida yordam beradi. Bor gap şu», - deydi Zaxarova.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 4 sentabr kuni ukrainalik jurnalistning Zaxarçenko ölimini tergov qilişda «DXR» hukumatiga yordam taqdim etişning qonuniy asoslari haqidagi savoliga izoh berişdan boş tortgandi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina razvedkasi Zaxarçenkoga suiqasdni kim taşkillaştirganini ma'lum qilgandi.

















