21:44 / 01.10.2018
6106

FQB ilk bor gumondorning qiyofasidan foydalanib iPhone’ni ochdi

2018 yil avgustda FQB gumondorning smartfonini uning qiyofasidan foydalanib ochdi va bu huquqni muhofaza qilish organlari o‘z maqsadlari yo‘lida Face ID’dan ilk bor foydalangan holatdir, deb yozmoqda Forbes.

Avgust oyida FQB xodimlari bolalar pornografiyasini saqlashda gumonlanayotgan Grant Michalskining uyida tintuv o‘tkazishgan. Ular gumondordan smartfonini Face ID yordamida blokdan chiqarib berishini so‘rashgan. 

Michalski Face ID orqali smartfonni ochishga o‘z ixtiyori bilan rozi bo‘lgan, aslida FQBning uni majburlashga ham haqqi bo‘lgan. 2017 yilda AQSh sudlari qurilmani Face ID yoki Touch ID yordamida ochish bilan parol yordamida ochish o‘rtasida farq borligini ma'lum qilgandi.

Qonunga ko‘ra, smartfonni kod orqali ochishga majbur qilish Konstitutsiyadagi Beshinchi tuzatishning buzilishi hisoblanadi – unda gumondor o‘ziga qarshi guvohlik bermaslikka haqqi borligi qayd etilgan. Ammo barmoq izi yoki qiyofa paroldan farqli o‘laroq, Konstitutsiya bilan himoya qilinmagan.

Mavzuga oid
Top