Iqtisodiyot | 11:15 / 03.10.2018
10767
1 daqiqa o‘qiladi

Chery avtomobilsozlik kompaniyasi 176 mingta avtomobilni ortga qaytarib olmoqda   

Foto: allcarz.ru

Xitoyning Chery avtomobilsozlik kompaniyasi deyarli 176 mingta mashinasini benzonasoslardagi nosozlik sababli qaytarib olmoqda. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi ma'lum qildi.  

1 noyabrda boshlanadigan kampaniya 2005 yil 1 martidan 2016 yil 24 iyunigacha ishlab chiqarilgan 7 ta modeldagi mashina, jumladan A5 va Cowin 3 modellarini qamrab oladi.

Ta'kidlanishicha, nuqson mashinaning yurib ketayotganida to‘xtab qolishiga olib kelishi mumkin, bu esa xavfsizlikka tahdid yaratadi. Kompaniya nosoz detallarni bepul almashtirib beradi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов

Mavzuga oid