Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 200 ming dollarga «uxlatgan» firibgar qo‘lga olindi
Foto: KUN.UZ
Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Shu yil 29 may kuni tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2015 yil dekabr oyida Beltepa ko‘chasida yashovchi B.P. shu ko‘cha hududida Olmazor tumanida yashovchi N.R.ga birgalikda tadbirkorlik qilishni taklif yetib, Xitoy Xalq Respublikasidan spirt mahsulotini ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan jihozlarni olib kelishini aytib, aldov yo‘li bilan 200 ming AQSh dollarini olgan va bergan va'dasini bajarmay voqea joyidan yashiringanligi ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida B.P. ushlangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
10:15
Toshkent ko‘chalarida “Gelik”ni katta tezlikda boshqargan shaxslar 15 sutkaga qamaldi
10:39 / 11.03.2026
Toshkentda “Gelik”ni katta tezlikda boshqargan haydovchiga chora ko‘rildi
09:23 / 10.03.2026
Toshkentda yo‘llar, svetoforlar va bekatlarni yangilash ishlari kuchaytirildi
09:31 / 09.03.2026