00:50 / 06.10.2018
44642

MakGregor Nurmagomedovdan yengilroq chiqdi 

Las-Vegasda Konor MakGregor va Xabib Nurmagomedov o‘rtasidagi jang oldidan jangchilarning vaznini o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Vazn o‘lchash natijalariga ko‘ra, Makgregorning vazni 70,03 kilogrammni, Nurmagomedovniki esa ruxsat etilgan chegara – 70,3 kilogrammni tashkil qilgan. 

Nurmagomedov va MakGregor o‘rtasidagi jang UFC 229 musobaqasi doirasida Toshkent vaqti bilan 7 oktabrda bo‘lib o‘tadi. Rossiyalik yengil vazn toifasidagi chempionlik kamarini himoya qiladi.

Musobaqa translyatsiyasi 7 oktabr soat 6.50 atrofida boshlanadi. Musobaqaning Nurmagomedov va MakGregor o‘rtasidagi bosh jangi esa soat 9 atrofida boshlanishi kutilmoqda.   

Mavzuga oid
Top