Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FVV: Qamchiq dovonida qolib ketgan yosh sportchilarga yordam berildi
15 oktabrdan 16 oktabrga o‘tar kechasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari «Qamchiq» dovonida ob-havoning keskin pasayishi, kuchli shamol esishi va qor yog‘ayotganligi sababli 03:30lar chamasida transport vositalari hamda yo‘lovchilarga yordam berish maqsadida kuzatuv va nazorat ishlari olib borayotgan vaqtida ikkita «Damas» rusumli avtomashinalarning buzilganligi sababli to‘xtab qolganligini aniqlashdi.
FVV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, avtomashinalarda Samarqand shahridan sport musobaqalaridan 9 nafar 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari 3 nafar murabbiylari kuzatuvida uylariga qaytishayotgan ekan.
Qutqaruvchilar yo‘lovchilarni «Qamchiq» maxsus qidiruv qutqaruv boshqarmasi binosiga olib kelishgan, u yerda issiq ovqat, issiq joy bilan ta'minladilar, erta tongda esa avtomobilni ta'mirlab uylariga jo‘natishgan.
Mavzuga oid
12:22 / 03.03.2026
FVV xodimiga 30 ming dollar pora taklif qilgan tadbirkor qo‘lga olindi
12:18 / 01.03.2026
Dovon ortidagi qishloq: Chetsuvda bir kun
13:58 / 17.02.2026
FVV qutqaruvchilari Nukusda cho‘kayotgan fuqaroni qutqardi
18:39 / 14.02.2026