16:31 / 29.10.2018
15845

Turkiya Respublikasi tuzilganining 95 yilligi nishonlamoqda - fotolar

Foto: Anado‘lu agentligi

Turkiyada Turkiya Respublikasiga asos solinganining 95 yilligi qizg‘in nishonlanmoqda. Bayram tadbirlari butun mamlakat bo‘ylab, shuningdek, Turkiyaning xorijdagi vakolatxonalarida bo‘lib o‘tmoqda.

Hukumat idoralari va o‘quv muassasalari binolarida mamlakatning alvon bayroqlari hilpirab turibdi, maktablarda tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda, ko‘chalarda esa bayram sayllari uyushtirilmoqda.

Foto: milliyet.com.tr
Foto: milliyet.com.tr
Foto: milliyet.com.tr
Foto: milliyet.com.tr
Foto: milliyet.com.tr
Foto: milliyet.com.tr
Foto: milliyet.com.tr
Foto: milliyet.com.tr
Foto: milliyet.com.tr
Foto: milliyet.com.tr

Mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ishtirokidagi rasmiy marosim Mustafo Kamol Otaturk maqbarasiga gul qo‘yish bilan o‘tkazildi.

Foto: tccb.gov.tr
Foto: tccb.gov.tr
Foto: tccb.gov.tr
Foto: tccb.gov.tr

Turkiyaning Buyuk milliy majlisi (parlamenti) 1923 yilning 29 oktabrida Turkiya Respublikasi tuzilganini e'lon qilgan edi. Mustafo Kamol Otaturk uning birinchi prezidenti bo‘lgan.

Top