13:11 / 01.11.2018
37165
Reklama

Avtomobil va o‘n million so‘m! 

Foto: Ucell

Agar siz hali yangi yilda amalga oshishi kerak bo‘lgan orzularingiz ro‘yxatini tuzmagan bo‘lsangiz, unda bu ishni hoziroq bajarishga harakat qiling, Ucell «Mo‘'jizalar mavsumi»ni boshlamoqda! Yutuqqa oz emas, ko‘p emas -naq sakkizta Chevrolet Spark avtomobili va har biri 10 000 000 so‘mlik yigirmata pulli sovrinlar qo‘yilgan. 

Qachon?

Aktsiya bugundan, ya'ni 2018 yilning 1 noyabr sanasidan boshlanadi. 

Qancha davom etadi?

Aktsiya to‘liq ikki oy davom etadi: 2018-yilning 1 noyabridan 31 dekabriga qadar. Tanlov har biri 1 oydan davom etadigan ikkita muddatda o‘tkaziladi.  

G‘oliblar qanday aniqlanadi?

G‘oliblar o‘yinlar orqali aniqlanadi, birinchi o‘yin 2018 yilning 1 dekabr sanasida  Ucell Plaza bosh ofisida bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi o‘yin 2019 yilning 11 yanvar kuni maxsus komissiya ishtirokida televideniye orqali (telekanal va namoyish vaqti kompaniya saytida e'lon qilinadi) efirga uzatiladi.  

Qatnashish uchun nima qilish kerak?

Aktsiyada qatnashish uchun Ucell mobil operatorining Prepaid tizimiga ulangan abonentiga aylanish yoki joriy Ucell abonentlari hisobni aksiya davomida 25 000 so‘m va undan ko‘p miqdorga bir marotaba to‘ldirishlari kifoya (tariflar haqidagi batafsil ma'lumot kompaniyaning rasmiy saytida keltirilgan).

Aktsiya ishtirokchilari natijalarni har bir o‘yindan keyin kompaniya saytida tekshirib borishlari mumkin.

Xo‘sh, tayyormisiz? Unda ketdik, aksiyada qatnashing va Ucell kompaniyasidan qimmatbaho sovg‘alarni yutib oling!

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top