Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Bosh assambleyasi AQShni Kubani qamal qilishni to‘xtatishga chaqirdi
BMT Bosh assambleyasi Kubaning AQSh tomonidan 50 yildan buyon davom etib kelayotgan savdo-iqtisodiy qamal qilinishini to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyani 27-bor qabul qildi. Ushbu rezolyutsiyani 189ta davlat qo‘llab-quvvatladi, AQSh va Isroil unga qarshi ovoz berdi.
Kuba TIV rahbari Bruno Rodriges hujjatni taqdim etar ekan, "qamal kubaliklar huquqining qo‘pol, ommaviy va muntazam ravishda buzilishi ekanligini va bir necha avlod farovonligi uchun asosiy to‘siq bo‘lib kelayotganligini" bildirdi.
AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli Vashington "kubaliklar huquqi uchun kurashdan voz kechmasligini" aytdi.
"Biz Kubada inson huquqlarini hurmat qilish boshlanmaguniga qadar unga nisbatan embargoni bekor qilmaymiz", - ta'kidladi u.
Mavzuga oid
09:52 / 10.02.2026
Kuba: aeroportlarda aviayonilg‘i yo‘q - xorijiy reyslar qayta ko‘rib chiqilmoqda
15:14 / 06.02.2026
BMTning inson huquqlari bo‘yicha komissari: “Biz - tirik qolish rejimidamiz”
21:43 / 01.02.2026
Trampning bosimlari oqibatida Kubada yonilg‘i taqchilligi boshlandi
22:43 / 30.01.2026