Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Odam savdosida gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olindi
Illyustrativ foto
27 oktabr kuni «Mayskiy» blokpostida olib borilgan tezkor tadbirlar davomida chegarani kesib o‘tmoqchi bo‘lgan odam savdosi bilan bog‘liq jinoyat sodir etganlikda gumonlanuvchi 28 yoshli Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi J.U. qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.
Tezkor xabarlarga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs uch nafar O‘zbekiston fuqarolariga: 28 yoshli Lola (ismlar o‘zgartirilgan), 32 yoshli Lobar va 26 yoshli Dilbarga Qozog‘iston Respublikasi Olmaota shahridagi massaj salonida ishlashni taklif qilib, katta daromad va'da qilgan. Ammo haqiqatda esa gumonlanuvchi qizlarni chet davlatga noqonuniy jinsiy ekspluatatsiya uchun yuborish bilan shug‘ullanardi.
Qo‘lga olingan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135 moddasi 2 qismi («Odam savdosi») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Olib borilayotgan tergov ishlari davomida jinoyat jabrlanuvchilari va boshqa aloqador shaxslar aniqlanadi. Bundan tashqari, tergov davomida qizlarni ushbu shubhali taklifga rozi bo‘lish sabablari ham o‘rganiladi va odam savdosining ehtimoliy jabrlanuvchilariga ijtimoiy-huquqiy yordam beriladi.
Mavzuga oid
14:20 / 23.02.2026
Instagram orqali aldangan qizlar: Buxoroda jinoiy guruh qo‘lga olindi
22:20 / 03.02.2026
“AQSh elitasiga ham ichki, ham tashqi ishonchsizlik ortyapti” - tahlilchilar Epshteyn ishi haqida
10:21 / 19.12.2025
Toshkent aeroportida odam savdosiga aloqador gumonlanuvchi ushlandi
17:21 / 13.12.2025