Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda toliblar tomonidan hafta ichida ikkinchi harbiy baza bosib olindi
Foto: AP
“Tolibon” harakati jangarilari Afg‘oniston markazidagi harbiy bazani bosib olishdi. Bu haqda Pajhwok axborot agentligi ma'lum qildi.
Uruzgan viloyati ma'muriy markazi Tarinkot shahri yaqinida joylashgan bazaning bosib olingani viloyat kengashi va mamlakat mudofaa vazirligida tasdiqlangan. Biroq tomonlar ko‘rgan talofatlar ma'lum qilinmagan.
Bu orada “Tolibon” vakillari afg‘on OAVga harbiy bazaning bosib olinishi vaqtida 10 askar o‘ldirilgani va 13 nafari asirga olinganini ma'lum qilishgan.
Bu baza joriy hafta davomida jangarilar tomonidan bosib olingan ikkinchi bazadir. 2 noyabrga o‘tar kechasi Faryob viloyatidagi Shirin-Tagab va Davlatobod uyezdlari o‘rtasida joylashgan, jamoat xavfsizligi politsiyasining muhim bazasi Pul-i-Acha jangarilar nazoratiga o‘tgan.
Jangarilar hujum vaqtida 17 politsiyachini asirga olgan, 4 ta tank, 2 ta reaktiv qurilma, o‘qotar qurol va o‘q-dorini qo‘lga kiritgan. To‘qnashuvlar vaqtida 10 dan ko‘proq jangari o‘ldirilgan.
Mavzuga oid
13:52 / 26.01.2026
2025 yilda O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p Afg‘oniston fuqarolari kelgan
18:30 / 25.01.2026
Afg‘onistondan keltirilgan oltinlar Surxondaryoda qayta ishlanmoqda
09:58 / 24.01.2026
Starmer: Trampning Afg‘onistondagi NATO missiyasi haqidagi so‘zlari haqoratli
14:42 / 23.01.2026