Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov Germaniya TIV rahbari bilan uchrashdi
8 noyabr kuni Berlin shahrida hukumat delegatsiyasiga rahbarlik qilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Germaniya Federativ Respublikasi Federal tashqi ishlar vaziri Hayko Maas bilan uchrashdi.
TIV matbuot xizmati xabar berishicha, suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari va siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda, shuningdek, «O‘zbekiston - Yevropa Ittifoqi» shaklidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.
Uchrashuvda ikki tomon kun tartibidagi boshqa masalalar va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashdi.
Afg‘onistondagi vaziyat muhokamasi chog‘ida, Afg‘onistonda tinch muloqotni boshlashdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi va bu mamlakatdagi loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik qilishga tayyor ekanliklari ta'kidlandi.
Shu kunning o‘zida Berlin shahrida tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid
12:44 / 23.01.2026
Abdulaziz Komilov Tinchlik kengashiga qo‘shilish sabablarini izohladi
16:44 / 16.11.2025
“Yangi geosiyosiy mintaqa tug‘ildi” – Abdulaziz Komilov Ozarboyjonning formatga qo‘shilishi haqida
12:20 / 24.10.2025
“Mana sizga ko‘p vektorli siyosatning natijasi” – Abdulaziz Komilov Yevropa bilan imzolangan bitim haqida
17:52 / 14.07.2025