Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Eritreyaga qarshi kiritilgan barcha sanksiyalarni bekor qildi

BMT Xavfsizlik kengashi Eritreya davlatidan barcha sanksiyalarni olish rezolyutsiyasini bir ovozdan ma'qulladi.
“Eritreya tomonidan tashlangan qadamlar evaziga erishilgan tinchlik va barqarorlik hamda Eritreya va Jibuti o‘rtasidagi chegaradagi vaziyat bo‘yicha muloqotning tan olinishi belgisi sifatida barcha sanksiyalarni bekor qilamiz”, - deb izoh bergan ushbu qarorga BMTning Buyuk Britaniyadagi doimiy vakili Karen Pirs.
2009 yildan boshlab Eritreyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalar, 2013 yildan boshlab esa qurol embargosi amal qilgan.
Joriy yil sentabrida Eritreya prezidenti Isayyas Afeverki va Efiopiya bosh vaziri Abiy Ahmad Ali 20 yil davomida urush holatida bo‘lgan davlatlari o‘rtasida tinchlik sulhini imzolashdi. Urush yakunlangani haqida iyulda – Eritreya poytaxti Asmerda ikki davlat yetakchilarining tarixiy uchrashuvi bo‘lib o‘tganda e'lon qilingan.
Ikki davlat o‘rtasida hududiy bahslar negizida chiqqan harbiy ixtilof 1998 yilda boshlangan, jangovar harakatlar oqibatida 80 mingga yaqin kishi halok bo‘lgan.
2000 dekabrda ikki davlat o‘rtasida tinchlik sulhi imzolangan, biroq ikki yildan keyin Efiopiya BMTning chegara bo‘yicha komissiya qarorini tan olishdan bosh tortgan va ixtilof 20 yilga yaqin davom etgan.
Joriy yil 26 iyunda Addis-Abebeda yangi muzokaralar boshlangan va uning natijalariga ko‘ra Efiopiya ikki davlat o‘rtasidagi umumiy chegaralarning qurolsizlantirilishi va delimitatsiyasi bo‘yicha qarorni bajarishga rozi bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Yangi O‘zbekistonda daraxtlar suvsizlikdan qurib boryapti
O‘zbekiston | 15:21 / 02.08.2025
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi
O‘zbekiston | 10:44 / 02.08.2025
Voyaga yetmagan shaxs «sudlanmagan» deb hisoblanishi belgilanmoqda
O‘zbekiston | 23:00 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi
Jamiyat | 22:24 / 01.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hukumat “Sea Breeze Uzbekistan” qurilishini tasdiqladi
O‘zbekiston | 23:49 / 04.08.2025
-
Adijonda o‘qituvchilar ta’mirlagan maktabning direktori ishdan bo‘shatildi
O‘zbekiston | 23:42 / 04.08.2025
-
Isroilda Netanyahu ishini olib borayotgan bosh prokuror iste’foga chiqarilishi mumkin
Jahon | 23:20 / 04.08.2025
-
Rossiya yadroviy raketalarini yana Yevropaga qaratishini ma’lum qildi
Jahon | 23:06 / 04.08.2025
Mavzuga oid

22:55 / 02.08.2025
AQSh Senati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qullamasdan ta’tilga chiqmoqda

17:47 / 11.07.2025
O‘zbekiston Eritreya bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi

23:09 / 09.07.2025
Estoniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 18-paketini bloklash bilan tahdid qildi

21:31 / 03.07.2025