Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmaniston prezidenti O‘zbekiston tashqi ishlar vazirini qabul qildi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovni qabul qildi. Bu haqda Turkmaniston Davlat axborot agentligi seshanba kuni xabar berdi.
Agentlik O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari bilan qanday masalalar muhokama qilinganligiga aniqlik kiritmagan.
Shuningdek, kecha O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlarining telefon orqali o‘zaro muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Shavkat Mirziyoyev matbuot xizmatining ma'lumotlariga ko‘ra, suhbatda davlat rahbarlari keng ko‘lamli ikki tomonlama hamkorlikning holati va uni oliy darajada erishilgan kelishuvlar doirasida rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Prezidentlar o‘zaro tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, sanoat, energetika va qishloq xo‘jaligida kooperatsiyani kuchaytirish, samarali transport yo‘laklarini shakllantirish, hududlararo va gumanitar almashuvni faollashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratdilar.
Mavzuga oid
22:48 / 15.02.2026
Qirg‘iziston ortidan Turkmanistonda ham milliy xavfsizlik rahbari almashtirildi
15:14 / 30.01.2026
O‘zbekistonga o‘qishga kelganlar soni oshdi: Hindiston va Turkmaniston yetakchi
12:44 / 23.01.2026
Abdulaziz Komilov Tinchlik kengashiga qo‘shilish sabablarini izohladi
18:30 / 19.01.2026