15:40 / 21.11.2018
4635

Ilhomjon Ne'matov BMT bosh kotibining o‘rinbosari bilan uchrashdi

2018 yilning 21 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhomjon Ne'matov 22 noyabr kuni Samarqand shahrida o‘z ishini boshlaydigan Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumida ishtirok etish uchun mamlakatga tashrif buyurgan BMT bosh kotibining o‘rinbosari, Jyeneva shahridagi BMT bo‘linmasi bosh direktori Maykl Myuller bilan uchrashdi.

TIV xabariga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston va BMT hamkorligining dolzarb masalalari, uning rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi. Qayd etilganidek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan chuqur siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlar hamkorlikni mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar bermoqda.

BMT vakili O‘zbekiston olib borayotgan mintaqaviy siyosatni, respublikaning qo‘shni davlatlar bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish uchun qaratayotgan alohida e'tiborini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. 

«Zamonaviy dunyoda intilish kerak bo‘lgan va eng sezilarli natija beradigan ayni standart mana shudir», – dedi Maykl Myuller.

Uchrashuv davomida bo‘lajak qo‘shma tadbirlarni o‘tkazishning amaliy jihatlari ham ko‘rib chiqildi.

Suhbatda BMT rezident-koordinatori, BMT Rivojlanish dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Xelena Freyzer ishtirok etdi.

Top