Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» yana bir braziliyalik futbolchi sotib olmoqchi
Foto: Getty Images
«Real» Braziliya bozoridan yangi yosh futbolchilarni tarkibga jalb qilishda davom etadi.
As nashri xabariga ko‘ra, Madrid klubi qiziqishlari doirasiga «Korintians»ning 20 yoshli yarimhimoyachisi Pedrino Delmino tushib qolgan.
Madridliklar klubi rahbariyati yanvar oyidayoq ushbu o‘ng qanotda ham, chap qanotda ham, markazda ham birdek hujumkor o‘yin ko‘rsata oluvchi futbolchini transfer qilishni rejalashtirgan.
Joriy mavsumda Pedrino Braziliya chempionatida 32 o‘yinda maydonga tushgan, shuningdek, Libertadores Kubogida 6 o‘yin o‘tkazgan.
Ayni vaqtda tomonlar o‘rtasida muzokaralar ketmoqda. O‘tgan haftada «Korintians» saytida klub prezidenti Andres Sanches «Real» prezidenti Florentino Peres hamda «Valyadolid» xo‘jayini Ronaldo bilan birga tushgan suratini e'lon qilgandi.
Pedrinoning shartnomasida tovon puli sifatida 50 million yevro ko‘rsatilgan. «Real» futbolchini aynan shuncha summaga sotib olib, o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun «Valyadolid»ga ijaraga berishi aytilmoqda.
Mavzuga oid
23:50 / 14.01.2026
Alonso ishdan bo‘shadi. Klasikoda yutqazgani uchun emas
02:24 / 12.01.2026
«Barselona» finalda «Real»ni yengib, Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritdi
22:17 / 16.12.2025
«PSJ» Mbappega 61 mln yevro tovon puli to‘laydi – sud qarori
23:54 / 30.09.2025