Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda aka ukasining qotiliga aylandi
Shu yilning 20 noyabr kuni Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida yashagan D.T.ning tashqi ko‘rinishdan jarohatsiz jasadi uyidan topilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, u boshining ichki qismiga yetkazilgan jarohatdan vafot etganligi aniqlangan.
Ko‘rilgan choralar natijasida shu yilning 15 noyabr kuni marhum D.T.ning akasi U.T. uyida o‘zaro janjal tufayli uni yuzi va boshiga qo‘llari bilan urib, jarohat yetkazganligi aniqlanib, ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:10 / 19.02.2026
Norinda kunduzgi parvarish xizmati tarbiyalanuvchisi YTH oqibatida halok bo‘ldi
08:36 / 19.02.2026
Namanganda ikki “Damas” to‘qnashdi: 1 kishi halok bo‘ldi
18:54 / 01.02.2026
Namanganda yaroqlilik muddati o‘tgan dorilar va tibbiy buyumlar savdoga chiqarilishining oldi olindi
15:07 / 27.01.2026