Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Merkel Ukraina YeIga qachon a'zo bo‘lishini aytdi
Foto: Hannibal Hanschke/Reuters
Germaniya kansleri Angela Merkel Kiyevga tashrifi chog‘ida Ukraina Yevropa ittifoqiga taxminan qachon a'zo bo‘lishini ma'lum qildi. Bu haqda RIA Novosti «Pyotr Poroshenko bloki» parlamentdagi fraksiyasi raisi birinchi o‘rinbosari Igor Kononenkoga asosan xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, bu taxminan besh-olti yildan so‘ng yuz beradi. Ukrainaga Yevropa ittifoqiga to‘liq a'zo bo‘lish uchun aynan shuncha vaqt kerak.
Kononenkoning xabar berishicha, bunday bayonot unda ijobiy kayfiyat uyg‘otmoqda. Uning e'tibor qaratishicha, Ukrainaning Yevropa ittifoqiga qo‘shilishi sanasi birinchi marta yevropalik juda nufuzli siyosatchi tomonidan aytildi.
«Yana bir bor ta'kidlaymanki, bu birinchi marta shunday darajadagi siyosatchi tomonidan ma'lum qilindi», - deya aytib o‘tdi Kononenko.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Rossiyani «Kiyevning G‘arbga intilishini yo‘q qilishga» urinishda ayblagandi.
Mavzuga oid
15:49 / 06.02.2026
Finlandiya AQShni Ukrainaga kafolatlarni ehtiyotkorlik bilan ta’riflashga chaqirdi
13:46 / 06.02.2026
Kiyevda 1100 dan ortiq uy kamida ikki oy issiqliksiz qoladi
12:25 / 06.02.2026
Abu-Dabida Ukraina, Rossiya va AQSh o‘rtasidagi muzokaralar yakunlandi
11:06 / 06.02.2026