Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyalik amaldor Shimoliy Koreyaga josuslikda gumonlanib hibsga olindi
Foto: AFP
Fransiya Senatining arxitektura, meros va bog‘lar departamenti rahbari Benua Kennedey KXDR foydasiga josuslikda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda AFP manbaga asosan xabar bermoqda.
Amaldor «millatning asosiy manfaatlarini yo‘q qilish»ga qodir bo‘lgan ma'lumotni xorijiy davlatga yig‘ish va topshirishda gumonlanmoqda, deya aytib o‘tdi manba. Parij prokuraturasi bu ish yuzasidan surishtiruvni 2018 yilning martida boshladi. 25 noyabr kuni gumonlanuvchi hibsga olindi.
Benua Kennedey Fransiya-Koreya Do‘stlik assotsiatsiyasini boshqaradi. U Shimoliy Koreya haqida kitob yozgan va Koreya yarim oroliga ko‘p bora safar qilgan.
Fransiya Senati uning qo‘lga olingani borasida hozircha izoh bermadi.
Mavzuga oid
07:29 / 04.02.2026
Atom aviatashuvchilariga ega davlatlar: jahon xaritasi
10:17 / 03.02.2026
Mudofaa xarajatlari oshadi: Fransiyada 2026 yil budjeti qabul qilindi
13:21 / 31.01.2026
Fransiya Rossiyaning “yashirin floti” tankerini qo‘yib yuboradi
14:38 / 29.01.2026