Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Lokomotiv» va «Paxtakor»ning Osiyo Chempionlar Ligasidagi raqiblari ma'lum bo‘ldi
Superligada 31-turida «Lokomotiv» o‘z maydonida «Paxtakor» bilan bellashdi va 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Natijada, «temiryo‘lchilar» oltin medallarni, «sherlar» esa kumush medallarni qo‘lga kiritishdi.
«Lokomotiv» klubi OChL kelasi mavsumida B guruhidan joy olishi ma'lum bo‘ldi. Bu kvartetdan «Al-Ittihod» (Saudiya Arabistoni), «Al-Vahda» (BAA) va pley-off g‘oliblaridan biri (Qatar, Eron yoki Hindiston klublari) o‘rin egallagan.
«Paxtakor» esa saralashdan o‘tish uchun 12 fevralda so‘nggi uch yildan buyon ketma-ket OFK Kubogida g‘olib chiqayotgan «Al-Quva Al-Javiya» (Iroq) klubini mag‘lub etishi, natija ijobiy bo‘lsa, bir hafta o‘tib BAAning «An-Nasr» jamoasidan ustun kelishi talab etiladi. O‘zbekiston vitse-chempioni ana shu pley-offdan o‘ta olsa, D guruhiga tushadi va «Persepolis» (Eron), «Al-Ahliy» (Saudiya Arabistoni) va «As-Sadd» (Qatar) klublari bilan kurash olib boradi.
OKMK klubi O‘zbekiston Kubogi sohibi sifatida o‘tish o‘yinlarida qatnashadi. Olmaliqliklar dastlab, 12 fevral kuni Tojikiston chempioni «Istiqlol»ni yengishi, undan so‘ng, 19 fevralda Saudiya Arabistonining «An-Nasr» jamoasi ustidan g‘alaba qozonishi kerak. OKMK ushbu ikkita to‘siqdan o‘ta olsa, Chempionlar ligasining A guruhida kurashni davom ettiradi. Bu kvartetdan «Al-Vasl» (BAA), «Az-Zavra» (Iroq) klublari, shuningdek, saralashdan o‘tgan Qatar, Eron, Iordaniya va Kuvayt klublaridan biri o‘rin oladi.
Mavzuga oid
15:09 / 29.12.2025
Yil yakunlari. O‘zbek futbolidagi 10 muhim voqea
23:01 / 24.12.2025
OChL-2. «Andijon» biror marta g‘alaba qozonmadi va guruhda qolib ketdi
23:18 / 02.12.2025
«Paxtakor» hujumchisi Igor Sergeyev Superligada yil futbolchisi bo‘ldi
20:44 / 26.11.2025