Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumat ekologiya sohasi bo‘yicha yangi qaror qabul qildi
Foto: TourPressClub
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ilmiy tadqiqot bazasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram-kanali xabar bermoqda.
Qaror bilan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot instituti Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti etib qayta tashkil etilishi belgilandi.
Atmosfera havosi, suv va yer resurslarining ifloslanishini kamaytirish, biologik bioxilmaxillikni saqlash, chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilishni ta'minlovchi yangi va samarali uslub va texnologiyalarni ishlab chiqish Institut faoliyatining asosiy vazifalari hisoblanadi.
Shuningdek, qaror bilan 2019-2020 yillarda Institut uchun xarid qilinadigan respublikada ishlab chiqarilmaydigan ilmiy laboratoriya uskunalari hamda reagent va butlovchi materiallarning ro‘yxati tasdiqlandi.
Ro‘yxatga muvofiq jami 26 turli ilmiy-laboratoriya uskunalari, 18 turli reagentlar va 36 turli butlovchi materiallar xarid qilinadi.
Mavzuga oid
10:48 / 12.02.2026
Samarqanddagi Cho‘ponota tepaligi Milliy koordinatalar tizimining nol nuqtasi bo‘ldi
08:18 / 09.02.2026
Surxondaryoda ekologiya bo‘limi rahbari 500 dollar pora bilan ushlandi
19:49 / 07.02.2026
Toshkent viloyatida noqonuniy ravishda tuproq va qum-shag‘al qazigan shaxslarga chora ko‘rildi
13:01 / 03.02.2026