20:33 / 03.12.2018
6826

Qatar OPeKni tark etishga qaror qildi

Foto: RIA Novosti

Qatar Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkilotini (OPeK) tark etishga qaror qildi. Bu haqda 3 dekabrda Qatar energetika vaziri Sa'd bin Shrida al-Ka'biy ma'lum qildi.   

“Qatar 2019 yil 1 yanvardan OPeKdan chiqishga qaror qildi, bu haqda tashkilotni dushanba (3 dekabr) kuni xabardor qiladi”, deb aytgan vazir. 

Vazirning tushuntirishicha, Qatar tashkilotni e'tiborini tabiiy gaz qazib olish va suyultirilgan tabiiy gaz ishlab chiqarishga qaratishga qaror qilgani sababli tark etmoqda.

Yaqin Sharq davlati suyultirilgan tabiiy gaz ishlab chiqarish hajmini yiliga 77 mln tonnadan 110 mln tonnagacha oshirmoqchi.  

Shu bilan birga Dohada barcha xalqaro kelishuvlar bajarilishi davom etishi, OPeKni tark etish qarori faqatgina iqtisodiy xarakterga egaligi va tashkilotning qolgan a'zolari bilan kelishmovchilik natijasi hisoblanmasligi aytilgan.  

Hozirda OPeKga Angola, Jazoir, Venesuela, Gabon, Iroq, Eron, Kuvayt, Kongo, Qatar, Liviya, BAA, Nigeriya, Saudiya Arabistoni, Ekvador va Ekvatorial Gvineya a'zo hisoblanadi. OPeK davlatlari dunyodagi neft zaxiralarining taxminan uchdan ikki qismini nazorat qiladi. Dunyoda olinuvchi 45 foiz neft va 50 foiz eksport shu davlatlar hisobiga to‘g‘ri keladi.

Top