12:07 / 04.12.2018
8159

Beyl: «Pushkash mukofotini men olishim kerak edi»

«Real» hujumchisi Garet Beyl yilning eng yaxshi goli muallifiga topshiriladigan Ferents Pushkash sovrini unga nasib etmaganidan hayron qolganini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, FIFA ushbu sovrinni sentabr oyi oxirida «Liverpul» hujumchisi Muhammad Salohga APL doirasidagi «Everton» bilan o‘yinda kiritgan goli uchun topshirgan edi.

To‘g‘risini aytsam, hayron bo‘ldim. Mukofotning nufuzi tushib ketayotganga o‘xshaydi. To‘g‘ri, Salohning goli ham chiroyli chiqqandi. Ammo Pushkash sovrinini men olishim kerak edi. Ishonchim komilki, mening golim eng chiroylisi edi», - degan Beylning so‘zlarini chop etdi Mundo Deportivo.

Ma'lumot uchun, mukofotga da'vogarlar orasida Beylning YeChL finalida urgan goli ham bor edi.

Foto: AFP/Getty Images
Mavzuga oid
Top