Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosi ushlandi. Uning ichida marixuana bo‘lgan
Qozog‘iston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasi Chegara xizmati matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Sariog‘och chegara otryadining «Kaplanbek avto» chegara nazorat bo‘linmasida chegara nazoratidan o‘tish chog‘ida giyohvand moddalarni qidirish uchun maxsus tayyorlangan xizmat iti O‘zbekistonning 48 yoshli fuqarosini ko‘rsatgan. Bu shaxs vataniga qaytib kelayotgan bo‘lgan.
Qo‘l yuki va shaxsiy buyumlarni ko‘zdan kechirish chog‘ida giyohvand moddalar topilmadi. Keyinchalik, so‘roq davomida aniqlanishicha, ushbu fuqaroning ichida quritilgan marixuana bilan to‘ldirilgan paketcha bo‘lgan.
Ekspertiza natijalariga ko‘ra aniqlanishicha, o‘simlik marixuana bo‘lib, uning og‘irligi 13,5 grammni tashkil qilgan.
Qo‘lga olingan fuqaro giyohvand modda bilan birgalikda Sariog‘och ichki ishlar bo‘limi xodimlariga topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Keles daryosi orqali O‘zbekistondan Qozog‘istonga o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangandi.
Mavzuga oid
16:33 / 27.01.2026
«Narkotik uchun oyiga o‘rtacha 20−25 mln so‘m sarflayapti» – prezident yoshlar orasidagi giyohvandlik muammosi haqida
13:42 / 14.01.2026
Telegram-bot orqali giyohvandlik vositasi sotganlar aniqlandi
20:24 / 05.01.2026
Turkiyada giyohvandlik va fohishalik ishi doirasida mashhur seriallar aktyorlari hibsga olindi
19:24 / 20.12.2025