Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Otabek Shukurov BAA klubi bilan shartnomasini uzaytirdi
Foto: Sharjah FC
O‘zbekiston terma jamoasi yarimhimoyachisi Otabek Shukurov BAAning «Sharja» klubi bilan shartnomasini uzaytirdi.
Klub rasmiy saytining ma'lum qilishicha, tomonlar hamkorlikni 2022 yilga qadar davom ettirishga kelishib olishgan.
Shukurov sharjaliklar safiga 2017 yilning dekabrida erkin agent sifatida qo‘shilgan edi. 22 yoshli xavbek bunga qadar «Bunyodkor», «Mash'al» va «Buxoro» klublari sharafini himoya qilgan.
Ma'lumot uchun, «Sharja» BAA chempionatining 2018/19 yillar mavsumida 12ta turdan so‘ng peshqadam bo‘lib turibdi. Klub amaldagi chempioni «Al-Ayn» bilan teng ochko to‘plagan bo‘lib, asosiy raqobatchisini qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga ortda qoldirmoqda.
Otabek Shukurov 12ta turning barchasida asosiy tarkibda maydonga tushdi va deyarli almashtirishlarsiz o‘ynamoqda. Uning hisobida ikkita gol va ikkita sariq kartochka bor.
Mavzuga oid
18:43 / 02.10.2025
Otabek Shukurov faoliyatini BAA klubida davom ettiradi
13:43 / 13.05.2024
Turkiyada bortida futbolchi Otabek Shukurov bo‘lgan samolyotni yashin urdi
11:44 / 06.03.2024
Sharja aeroportida og‘ir jarohat olgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
08:16 / 09.10.2023