Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoning sayyohlik salohiyati yuksalmoqda
O‘zbekistonning janubdagi gavhari hisoblangan Surxondaryo viloyati keyingi yillarda ko‘rkam, obod, tarovatli hududlardan biriga aylandi. Infratuzilma rivojlandi. Tarixiy yodgorliklar asrab-avaylanmoqda. Ziyoratgohlar obodonlashtirildi. Bularning bari viloyatning sayyohlik salohiyatini oshirmoqda.
Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmatining Kun.uz'ga xabar berishicha, hozirda bu yerda 504 ta moddiy madaniy meros obekti ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning 69 tasida sayyohlarning tashrif buyurishi ko‘zda tutilgan. Joriy yilning o‘tgan davrida 23 mingdan ziyod xorijlik va 46 mingga yaqin mahalliy sayyoh tashrif buyurganining o‘ziyoq uning sayyohlik yo‘nalishidagi jozibadorligi oshib borayotganidan dalolat beradi.
Sayyohlarni qabul qilish borasidagi imkoniyatlar ham yil sayin kengayib boryapti. 2018 yilning o‘tgan davrida 159 o‘rinli 5 ta zamonaviy mehmonxona, 51 ta mehmon uylari 200 o‘rinli 1 ta sog‘lomlashtirish maskani foydalanishga topshirildi. Yana 26 ta mehmonxona, 5 ta sog‘lomlashtirish va aholi dam olish maskanida qurilish-ta'mirlash, 12 ta mehmon uylarini tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Sayyohlarga transport xizmatini ko‘rsatish maqsadida yuqori xavfsizlik hamda birmuncha qulayliklariga ega 18 ta avtobus olib kelindi.
Bu boradagi keng qamrovli ishlar sayyohlarga xizmat ko‘rsatish darajasini oshiradi. Yangi ish o‘rinlari yaratilishiga olib keladi. Xorijliklarning boy ma'naviy-madaniy merosimizdan bahramand bo‘lishlariga imkoniyat yaratadi.
Quyida Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan tayyorlangan vohaning sayyohlik salohiyatini targ‘ib qiluvchi videorolik birinchi bo‘lib Kun.uz orqali namoyish etish uchun taqdim etildi.
Mavzuga oid
11:52 / 03.03.2026
Surxondaryoda nohaq ayblanganini aytgan yolg‘iz onaning ishi kassatsiyada o‘zgartirildi
21:22 / 28.02.2026
Surxondaryoda o‘qituvchilardan majburiy pul yig‘ish topshirig‘ini bergan “zamhokim” ishdan olindi
13:35 / 28.02.2026
Surxondaryoda o‘qituvchilardan majburiy pul yig‘ish topshirig‘ini “zamhokim” bergani tasdiqlandi
10:02 / 28.02.2026