Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 14:44 / 13.12.2018
12240
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiya Slovakiya harbiy diplomatini mamlakatdan chiqarib yuborishini e'lon qildi
Foto: Sergey Fadeichev / TASS
Rossiya slovakiya harbiy diplomatini persona non grata deb e'lon qildi, deb xabar berdi Rossiya OAV.
U Rossiyani ikki sutka ichida tark etishi shart, deb ma'lum qilgan Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova.
«Slovakiyaning Moskvadagi elchisiga 11 dekabr kuni bu haqda tegishli nota topshirildi», — degan u.
Bu chora 22 noyabr kuni Slovakiyadan Rossiya diplomati chiqarib yuborilishiga javoban qabul qilingan. U josuslikda ayblangan va mamlakatni tark etishi uchun 48 soat muhlat berilgan.