Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston bosh vaziri 2019 yilgi prezident saylovida ishtirok etmoqchi
Foto: IZVeSTIYa/Aleksandr Kazakov
Afg‘oniston bosh vaziri Abdulla Abdulla 2019 yil aprelda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida ishtirok etish niyatida, deb xabar berdi 1TV telekanali.
Telekanalning bildirishicha, Abdulla 2009 va 2014 yilgi prezident saylovlarida o‘z nomzodi bilan ishtirok etgan.
Afg‘onistonda prezident saylovi 2019 yilning 20 aprelida bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq Afg‘oniston oliy tinchlik kengashi rahbari o‘rinbosari Atoullo Salim rasmiy Qobul va "Tolibon" harakati o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari prezident saylovigacha boshlanishi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
14:35 / 26.01.2026
Myanmada harbiy xunta tashkil etgan saylovlar yakunlandi
13:52 / 26.01.2026
2025 yilda O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p Afg‘oniston fuqarolari kelgan
18:30 / 25.01.2026
Afg‘onistondan keltirilgan oltinlar Surxondaryoda qayta ishlanmoqda
09:58 / 24.01.2026