Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda quyuq tuman sababli 50 ta mashina to‘qnashdi
Foto: AP
Hindistondagi shosseda 50 ta avtomobilning quyuq tuman va ko‘rish masofasi pastligi tufayli to‘qnashib ketishi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi, bir necha inson jarohat oldi. Bu haqda RIA Novosti NDTV telekanaliga tayangan holda xabar qilmoqda.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, hodisa Xaryana shtati Jajar shahri yaqinidagi Roxtak-Revari trassasida sodir bo‘ldi. To‘qnashgan avtomobillar orasida maktab avtobuslari ham bor. Jabrlanuvchilar shifoxonalarga olib ketildi, ulardan o‘n nafari juda og‘ir ahvolda.
Yo‘lda yuz bergan avariya oqibatida ikki kilometr masofadagi tirbandlik paydo bo‘ldi.
Mavzuga oid
22:57 / 02.02.2026
Tramp Rossiya neftidan voz kechish evaziga Hindiston uchun bojlarni pasaytirdi
15:14 / 30.01.2026
O‘zbekistonga o‘qishga kelganlar soni oshdi: Hindiston va Turkmaniston yetakchi
21:23 / 28.01.2026
Nipah virusi Osiyo mamlakatlarini Hindistondan kelayotgan yo‘lovchilarni tekshirishga majbur qildi
07:23 / 28.01.2026