Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Korxona avtomashinasini sotish bahonasida aldab, pul olgan firibgar ushlandi
Illyustrativ foto/autostrada.uz
Toshkent shahar Yakkasaroy tumani IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2018 yil 25 aprel kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan S.J. Toshkent shahrining Boshliq dahasida fuqaro R.T.ga MChJga tegishli “Cobalt” rusumli avtomashinani o‘zining nomida ekanligini va 5 400 AQSh dollari evaziga 10 kun muddat ichida uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, bu shaxs undan 5 000 AQSh dollarini olgan.
Natijada bergan va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ko‘rilgan choralar natijasida S.J. qo‘lga olingan.
Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
12:58
Toshkentda ijaradagi uyda narkolaboratoriya tashkil qilgan talaba qo‘lga olindi
16:44 / 07.02.2026
Toshkent shahri hokimiga yangi o‘rinbosar lavozimi joriy etildi
08:28 / 07.02.2026
Toshkent va Qashqadaryoda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari musodara qilindi
08:25 / 07.02.2026