Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Ukrainaga nisbatan sanksiyalarni kengaytirdi
Foto: TASS
Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev maxsus cheklov choralari joriy etilgan ukrainalik jismoniy va yuridik shaxslar ro‘yxatini kengaytirdi, deb xabar berdi RIA Novosti.
"Men tegishli qarorni imzoladim. Bu Rossiya davlati, kompaniyalari va fuqarolari manfaatlarini himoya qilish uchun qilindi", deb yozdi Medvedev Twitter sahifasida.
Hukumatdagilarning qayd etishicha, kengaytirilgan ro‘yxat ikki yuzdan ortiq shaxs va kompaniyalarga aloqador.
Shu yilning birinchi noyabrida Rossiya Ukraina sanksiyalariga javoban 322 nafar jismoniy va 68 yuridik shaxsga nisbatan sanksiyalarni kengaytirgandi.
Mavzuga oid
15:41
Zelenskiy: Hududlar masalasida qaror qabul qilish Putin bilan aloqani talab etadi
15:12
AQSh va Rossiya yana yadroviy qurollanish poygasi yoqasida
14:35
Rossiyaning Zaporijjya tug‘uruqxonasi va tumanlariga zarbalari: kamida 9 kishi yaralandi
13:34