Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messi Neymarning «Barselona»ga qaytishi ehtimoliga munosabat bildirdi
Foto: Getty Images/Don Emmert
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi «PSJ» a'zosi Neymarning Kataloniya klubiga qaytishi borasidagi fikri bilan o‘rtoqlashdi.
«Neymarning «PSJ»dan ketishi menga qiyin masaladek ko‘rinmoqda. Uning futbolchi sifatidagi statusi va o‘yinchilar orasidagi ahamiyatidan kelib chiqib, klubimizga qaytishidan xursand bo‘lardik. U bilan ko‘plab ajoyib va noxush damlarda birga bo‘lib, do‘stga aylanganmiz.
Shunday bo‘lsa-da, «PSJ» Neymarning jamoadan ketishiga qo‘yib bermasa kerak», – degan Messidan iqtibos keltirdi Marca.
Eslatib o‘tamiz, braziliyalik hujumchi 2013-2017 yillarda «Barsa» sharafini himoya qilgan, o‘tgan yilning yozida «PSJ»ga rekord qiymatda – 222 mln yevro evaziga ko‘chib o‘tgandi.
So‘nggi vaqtlarda Neymarning «Barselona»ga qaytishni istayotgani haqida bot-bot xabar berib kelinmoqda. O‘tgan yozda unga «Real» ham qiziqish bildirgani aytilgan, ammo klublar bu ma'lumotni rad etishgandi.
Mavzuga oid
20:42 / 03.06.2025
Neymar qo‘l bilan gol urmoqchi bo‘ldi va qizil kartochka oldi
19:54 / 12.02.2025
Neymar yana «Santos»da: futbol nihoyat boylikni yengdi
22:32 / 31.01.2025
Braziliyaning «Santos» klubi Neymar qaytganini e’lon qildi
05:19 / 28.01.2025