Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikaning Ikkinchi jahon urushida qatnashgan eng keksa faxriysi vafot etdi
Foto: AP
Amerikaning Ikkinchi jahon urushida qatnashgan eng keksa faxriysi Richard Overton vafot etdi, deb xabar berdi Fox News telekanali.
OAVning ma'lumot berishicha, u shuningdek, AQShdagi eng keksa erkak ham hisoblangan. Overton 1906 yilda tug‘ilgan bo‘lib, Ikkinchi jahon urushida uch yil davomida Tinch okeanidagi janglarda qatnashgan.
U uzoq umr ko‘rishiga Yaratganning marhamati sababchi deb bilgan. Overton 110 yoshigacha avtomobil boshqargan.
U 111 yoshga to‘lganida, Overton 70 yildan ortiq istiqomat qilib kelgan ko‘chaga uning nomi berilgan, hozirda bu ko‘cha Overton avenyu deb ataladi.
Faxriy o‘tgan haftada zotiljam tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan va reabilitatsiya markazida vafot etgan.
Mavzuga oid
18:24 / 01.02.2026
AQSh 48 soat ichida Eronga zarba beradi - Vuchich
15:42 / 31.01.2026
ICE'ga qarshi noroziliklar: AQShda ikki jurnalist hibsga olindi
09:40 / 31.01.2026
Federal zaxira tizimi rahbarligiga nomzod: Tramp o‘z maslahatchisini tanladi
09:01 / 31.01.2026