Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messi yilning eng yaxshi to‘purari, ro‘yxatda kutilmagan nomlar ham bor
Foto: Sport Ekspress
Lionel Messi 2018 yilning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. «Barselona» va Argentina terma jamoasi safida u barcha turnirlar doirasidagi 54 o‘yinda 51 gol urishga erishdi. Bundan avval ham u 3 marta yilning eng yaxshi to‘purari bo‘lgandi: 2010 yilda (60 gol), 2012 yilda (91) va 2016 yilda (59).
Ikkinchi o‘rinni Krishtianu Ronaldu band etgan. U yakunlanayotgan yilda «Real», «Yuventus» va Portugaliya terma jamoasi safida jami 53 o‘yinda maydonga tushib, 49 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan.
Qayd etish kerakki, ushbu ro‘yxatdan mitti davlat vakili ham o‘rin olgan. David Tyurpel «Dyudelanj» va Lyuksemburg terma jamoasi o‘yinlarida 40 gol urgan, u buning uchun 49 o‘yinda maydonda harakat qilgan.
Yil to‘purarlarining top-sakkizligi quyidagicha ko‘rinish olgan:
1. Lionel Messi («Barselona», Argentina) - 51 gol (54 o‘yin)
2. Krishtianu Ronaldu («Real»/«Yuventus», Portugaliya) - 49 (53)
3. Robert Levandovski («Bavariya», Polsha) - 46 (56)
4. Muhammad Saloh («Liverpul», Misr) - 44 (55)
5. Harri Keyn («Tottenhem», Angliya) - 42 (63)
6. David Tyurpel («Dyudelanj», Lyuksemburg) - 40 (49)
7. Antuan Grizmann («Atletiko», Fransiya) - 40 (71)
8. Luis Suares («Barselona», Urugvay) - 37 (60)
Mavzuga oid
01:15 / 29.12.2025
Ronaldu Yaqin Sharqning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi
20:17 / 19.11.2025
Ronaldu Oq uyda mehmon bo‘ldi
22:26 / 16.10.2025
Ronaldu 2025 yilning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi bo‘ldi
11:32 / 12.10.2025