Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlyandiya yoshlar terma jamoasi AQShni yengib, xokkey bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
Foto: Globallookpress
Finlyandiya yoshlar terma jamoasi Kanadada o‘tgan jahon chempionati finalida AQSh termasini mag‘lub etib, jahon chempioniga aylandi.
Vankuverda o‘tgan uchrashuv finlar foydasiga 3:2 (0:0, 1:0, 2:2) hisobida yakunlandi. Shaybalarni finlar tarkibida Yesse Yulonen (32-daq.), Otto Latvala (47-daq.) va Kaapo Kakko (59-daq.), amerikaliklar safida Aleksandr Xmelevskiy (48-daq.) va Josh Norris (49-daq.) kiritdilar.
Bronza medallarni shveysariyaliklarni 5:2 hisobida yutgan Rossiya terma jamoasi qo‘lga kiritdi.
Finlyandiya jahon chempioni nomiga 5-marta sazovor bo‘lmoqda. Bungacha terma jamoa ushbu unvonni 1987, 1998, 2014, 2016 yillarda qo‘lga kiritgan.
Mavzuga oid
14:45 / 01.01.2026
Finlyandiya politsiyasi Boltiq dengizida Rossiyadan kelayotgan kemani qo‘lga oldi
13:06 / 17.11.2025
Finlyandiya prezidenti: Ukrainada tinchlik muzokaralari yil oxirigacha boshlanishi qiyin
21:01 / 01.11.2025
Finlyandiya ta’lim tizimida katta erkinlik mavjud – prezident Stubb
23:29 / 01.09.2025