Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon banki prezidenti iste'foga chiqishini e'lon qildi
Foto: Thomas Peter / REUTERS
Jahon banki prezidenti Jim Yen Kim 1 fevraldan iste'foga ketishga qaror qildi. Bu haqda bank saytida ma'lum qilindi. Prezident vazifasini vaqtinchalik Kristalina Georgiyeva bajaradi. Hozirda Georgiyeva bankning bosh ijrochi direktori hisoblanadi.
“Men uchun bu ajoyib muassasani boshqarish katta sharaf edi”, deb aytgan Kim. Uning fikricha, bankda “o‘ta nochorlikka barham berish missiyasiga” sodiq bo‘lgan xodimlar ishlaydi. Kimning aytishicha, butun dunyoda nochorlar ko‘payotgan, iqlim yomonlashayotgan, pandemiya va ocharchilik avj olayotgan sharoitda Jahon bankining faoliyati har qachongidan muhimroqdir.
Xabarda Kimning yangi ish joyi ma'lum qilinmagan, biroq ta'kidlanishicha, u iste'foga ketgach rivojlanayotgan davlatlar infratuzilmasiga investitsiyalar qilish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyada faoliyat yuritadi.
The Guardian nashrining bankka yaqin manbalarga iqtibos keltirgan holda yozishicha, Kim o‘z xohishiga ko‘ra bo‘shamoqda.
Kim bankka 6 yil rahbarlik qilgan. U 2017 yilda ikkinchi besh yillik muddatga qayta saylangan. Uning vakolati 2022 yilda tugashi kerak edi. Kimning kutilmaganda iste'foga chiqishi AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati va AQShning Jahon bankini nazorat qilishi tanqidchilari o‘rtasida kurashning boshlanishiga turtki berdi.
Kasbi vrach-antropolog bo‘lgan Kim bankka kelguncha Dartmut kolleji prezidenti lavozimini egallagan. U, shuningdek, Garvard universitetining tibbiyot va jamoat sog‘lig‘ini saqlash fakultetlarida o‘qituvchilik qilgan. Kim 2003 yildan 2005 yilgacha Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotida “OIV/OITSga qarshi kurashish departamentiga rahbarlik qilgan.
Mavzuga oid
22:40 / 23.01.2026
Jahon banki Markaziy Osiyoda birinchi elektr energiya bozori yaratilishini qo‘llab-quvvatlaydi
14:25 / 26.12.2025
Prezident: tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash uchun barcha choralar ko‘riladi
20:58 / 13.12.2025
Jahon banki O‘zbekistonda talabalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga 250 mln dollar ajratadi
10:01 / 17.10.2025