Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tibbiy faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi
Foto: Depositphotos
Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori qabul qilindi.
Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar:
4-band quyidagi tahrirda bayon qilindi:
“Tibbiy faoliyatni litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (keyingi o‘rinlarda litsenziyalovchi organ deb ataladi) tomonidan, xalq tabobati usullarini qo‘llagan holda tibbiy faoliyatni litsenziyalash litsenziyalovchi organ huzurida tashkil etilgan xalq tabobati usullaridan foydalangan holda Tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash maxsus komissiyasi tomonidan Davlat xizmatlari markazlari (keyingi o‘rinlarda markazlar deb ataladi) yoki O‘zbekiston Respublikasining Yagona interfaol davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda Yagona portal deb ataladi) orqali amalga oshiriladi.
Xalq tabobati usulida xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tibbiy faoliyatni litsenziyalash uchun belgilangan tartibda (tibbiy ta'lim ma'lumoti mavjudligi talabi bundan mustasno) amalga oshiriladi”.
10-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshidagi “vrach-mutaxassislarda” so‘zlari “vrach-mutaxassislarda (oliy tibbiy ta'lim ma'lumotiga ega bo‘lmagan, xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxslardan tashqari)” so‘zlari bilan almashtirildi.
Mavzuga oid
11:13 / 17.11.2025
YaTTlarning firma nomiga ega bo‘la bo‘lishiga ruxsat beriladi
17:25 / 27.10.2025
Qurilish qoidalarini buzgani uchun «Dream House Design» MChJning litsenziyasi bekor qilindi
09:03 / 16.10.2025
Ayrim xususiy klinikalar litsenziyasiz xizmatlar ko‘rsatayotgani aniqlandi
20:55 / 29.08.2025