Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Videoselektorda Xalq qabulxonalariga yangi vazifalar yuklandi
Foto: KUN.UZ
Avval xabar berganimizdek, 19 yanvar kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov va bosh vazir Abdulla Aripov raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Videoselektorda Xalq qabulxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilab berildi, deya xabar beradi Kun.uz muxbiri.
Bundan buyon, Xalq qabulxonalari sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning davlat xizmatlari ko‘rsatish, uyma-uy yurish, muammolarni aniqlash va hal qilish faoliyatini tuman, shahar, viloyat darajasida doimiy ravishda muvofiqlashtirib boradi.
“Obod qishloq”, “Obod mahalla” Dasturlari doirasida qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladigan aholi punktlari ro‘yxati Xalq qabulxonalari bilan kelishilgan holda shakllantirilishi belgilandi. Xalq qabulxonalari muntazam ravishda har bir tuman va shaharlar kesimida o‘rganish jarayonlari va aholi murojaatlaridan kelib chiqib, keyingi yil uchun “Obod qishloq”, “Obod mahalla” Dasturlari olib boriladigan aholi punktlari takliflarini shakllantirib, mahalliy hokimiyat idoralari, sektor rahbarlari bilan ish olib boradi.
Mavzuga oid
11:05 / 16.06.2025
«Xalq qabulxonalari dispetcherga aylanib qoldi» - tizimdagi barcha xodimlar bugundan ishdan bo‘shatiladi
20:43 / 25.11.2022
Hududlarda Prezident administratsiyasi rahbarining yordamchilari ish boshlaydi
21:32 / 20.12.2021
Sobiq vazir tuman hokimligidan viloyat xalq qabulxonasi mudiri lavozimiga o‘tdi
14:48 / 20.01.2021