Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Maduroni qo‘llab-quvvatlab chiqdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Lotin Amerikasi mamlakatida kuzatilayotgan norozilik namoyishlari fonida venesuelalik hamkasbi Nikolas Maduroni qo‘llab-quvvatlashi haqida aytdi. Bu haqda Turkiya rahbarining rasmiy vakili Ibrohim Kalin tvitterdagi sahifasida yozgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Erdo‘g‘an Venesuela rahbari bilan bog‘lanib, unga qo‘llab-quvvatlashi haqida aytgan.
«Birodarim Maduro, hammasi joyida bo‘ladi! Biz siz bilan birgamiz», - deya Erdo‘g‘anning so‘zlarini keltiradi Kalin.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Turkiya davlat to‘ntarishi orqali hokimiyatni qo‘lga olishga urinishni rad etish bo‘yicha o‘zining prinsipial pozitsiyasiga sodiq qolishda davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Venesuelada politsiya namoyishlarga qo‘shilgani, Kuba va AQSh bayonot bergani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
23:19 / 14.05.2026
Maduro qamoqda 18 kishilik umumiy kamerada o‘tirgani aytildi
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
19:07 / 25.04.2026
AQSh Venesuela hukumatiga Maduroning himoyasi uchun haq to‘lashga ruxsat berdi
09:49 / 24.04.2026